“Real Madrid” La Ligada qatorasiga uchinchi oʻyinda ochko yoʻqotdi
Kecha, 30-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 14-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” jamoasi Jirona shahrida shu nom bilan ataluvchi klub bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda hisob 45-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Azzedin Ounahi oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida “qaymoqranglilar” muvozanatni tikladi. Jamoa yetakchisi Kilian Mbappe penaltidan aniq foydalandi va hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi.
Oʻyinda hisob boshqa oʻzgarmadi va jamoalar 1 ochkodan boʻlishib oldilar. Qatorasiga 3 ta oʻyinda durrang oʻynagan “Real Madrid” turnir jadvalida 2-oʻringa tushib ketdi.
“Jirona” — “Real Madrid” 1:1
Gollar: Ounahi (45) — Mbappe (67, penalti).
“Jirona” — Gassaniga, Rinkon (Franses, 72), Vanat (Kouruma, 83), Reys, Vitsel, Martines, Moreno, Ounahi (Ruis, 83), Xil (Roka, 72), Sigankov (Asprilla, 72).
“Real Madrid” — Kurtua, Trent (Gonsalo Garsiya, 90), Ryudiger, Militao, Fran Garsiya (Karreras, 90), Chuameni (Rodrigo, 72), Bellingem, Gyuler (Kamavinga, 46), Valverde, Mbappe, Vinisius.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring