“Real Madrid” Ispaniya kubogi nimchorak finaliga chiqdi
Kecha, 17-dekabr kuni Ispaniya kubogi musobaqasining 1/16 final bosqichi oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Madridning “Real Madrid” klubi uchinchi divizion vakili “Talavera” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 3:2 hisobida Xabi Alonso jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 41-daqiqada ochildi. Kilian Mbappe penaltidan gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Taymning soʻnggi daqiqasida Kilian jamoasining ikkinchi golini ham kiritdi. Birinchi boʻlim 0:2 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 80-daqiqasida Arroyo hisobni qisqartirdi. Ammo 88-daqiqada Kilian Mbappe xet-trikka erishib, hisobni 1:3 koʻrinishiga keltirdi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Di Renso oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi.
Shu tariqa “qirollik klubi” safarida gʻalaba qozonib, musobaqaning nimchorak finaliga yoʻl oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring