“Real Madrid” ishonchli hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 24-yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 21-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan uchrashuvda “Real Madrid” klubi “Vilyarreal” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:0 hisobida “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga 47 va 90+4-daqiqalarda Kilian Mbappe mualliflik qildi.
“Sofascore” portali oʻyindan soʻng “qaymoqranglilar” yetakchisi Kilian Mbappeni “oʻyin qahramoni” deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,5 ballga baholandi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Real Madrid” klubi vaqtinchalik La Liga turnir jadvalida yetakchiga aylanib oldi.
Maʼlumot uchun, jamoa keyingi oʻyinini 29-yanvar kuni Yevropa chempionlar ligasi doirasida “Benfika” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring