“Real” – 34 karra Ispaniya chempioni! “Barselona”dan alamli magʻlubiyat
Ispaniya chempionatida 37-tur oʻyinlari davom ettirildi. Bu turda oʻz maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan “Real” 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu “Real”ning 34-chempionligi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni boʻldi.
“Barselona” «Kamp Nou»da «Osasuna»dan kutilmagan zarbani qabul qilib oldi. 90+4-daqiqada Roberto Torres «Osasuna»ga sensatsion gʻalaba keltiruvchi golni kiritdi - 1:2.
Shu tariqa Zidan boshchiligidagi “Real” ochkolarini 86 taga yetkazgan holda musobaqa tugashiga bir tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi. “Barselona” (79) esa ikkinchi oʻrin bilan cheklandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring