Rajab Adashev nabirasining nikoh to‘yini hamda nahor oshini ixcham o‘tkazganini ma’lum qildi
O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev nabirasini nikoh to‘yini ham, nahorgi oshini ham ancha ixcham o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda aktyor “Sog‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Aktyor suhbat davomida “Sog‘diyona” gazetasi jurnalistining “nabira kuyov bilan suhbatlashdingizmi”, degan savoliga ham javob bergan.
Nabiram Farzonani turmushga berdik. Illohim, baxtli bo‘lsin. U katta qizim Kimyoxonning farzandi. Nabira kuyovimiz bobosi va amakilari bilan keldi. Hammamiz birgalikda suhbatlashdik. Doniyorxo‘janing yerga qarab, har bir gapni o‘ylab gapirishi menga ma’qul bo‘ldi. Sportning triatlon turi bilan shug‘ullanarkan. Yoshlar bir-biriga manzur bo‘lgach, to‘yni boshlab yubordik. Nahorgi oshni ham, nikohni ham ancha ixcham o‘tkazdik.
Rajab Adashev, O‘zbekiston xalq artisti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring