RASMIY BAYONOT: besh nafar bemorning ahvoli ogʻir

11:35 01 Aprel 2020 Jamiyat
1358 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus kasalligiga chalinganlar 173 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 93 bemorning 21 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Mazkur holat rengionalagik tekshiruv natijasida ham tasdiqlangan. Bemorlar 5 nafarining ahvoli ogʻir, 3 nafarining esa ahvoli nisbatan ogʻir, deb baholanmoqda. Ularning barchasi tegishli davolash muolajalarini olyapti.

Toshkent shahridan tashqari Fargʻona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ham koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar davolanyapti. Har bir vaziyat boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli axborotlar kelib tushyapti va mutaxassislarning kerakli maslahatlari tashkil etilyapti.

Ijobiy natijalar bor ekan, yaxshilikka umid qilsak boʻladi. Ammo dunyo miqyosida kasallik koʻrsatkichi tobora oʻsib boryapti. Bir kunda dunyo boʻyicha 70 mingdan ortiq odam kasallikka chalingan. Shunday ekan, biz uyda qolishimiz, tibbiyot xodimlarining maslahatlariga quloq tutishimiz kerak, vaziyatni chigallashtirib yuborishga hech birimizning haqimiz yoʻq!

O'zA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер