Futbol jurnalisti Fabritsio Romano Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe erkin agent sifatida Ispaniyaning “Real Madrid” klubi safiga borib qoʻshilganini maʼlum qildi. Bu haqda u oʻzining X sahifasida yozdi.
Qayd etilishicha, tomonlar oʻrtasida barcha shartlar kelishib olingan va shartnoma imzolangan. Futbolchining tanishtiruv marosimi keyingi hafta boʻlib oʻtadi.
Romanoga koʻra, Mbappe “qaymoqranglilar” bilan 2029-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan.
Malumot uchun, Mbappe Parij klubidagi oxirgi mavsumida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 44 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining “Transfermarkt” portalidagi narxi 180 million yevroni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring