Rasman: diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlar boshlanadi

11:22 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
1348 0

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga asosan 4-sentyabr, juma kunidan boshlab barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Shu oʻrinda, “Barcha diniy tashkilotlar” deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib oʻtamiz. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.

Ushbu qarorga muvofiq, yurtimizdagi masjidlarda juma namozi, ertaga, 4-sentyabr kuni ado etiladi.

Shuningdek, cherkov va sinagoglarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari ham davom ettiriladi.

“Muhtaram yurtdoshlar, belgilangan karantin tartib-qoidalariga amal qilaylik. Oʻzimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrab-avaylaylik!” deyiladi qoʻmita xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер