AI-80 markali benzin va dizel yoqilgʻisi arzonlashdi

23:44 03 May 2020 Iqtisodiyot
1492 0

2020-yilning 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-may kunidan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

3-may kunidan eʼtiboran Ai-80 markali benzin 4000 soʻmdan sotuvga chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер