Rasman! 6-apreldan mototransport va velosipedda harakatlanish cheklanadi
4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida bu yoʻnalishda quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Komissiya qaroriga koʻra, joriy yil 6-apreldan eʼtiboran “oʻzini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:
Karantin talablarining ijrosini soʻzsiz taʼminlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yoʻli bilan ushlab turiladi.
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020-yil 6-aprel soat 06:00 dan eʼtiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring