Rasman: 17-avgustdan boshlab qanday faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda?

23:04 12 Avgust 2020 Jamiyat
1449 0

Arxiv surat

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020-yil 17-avgustdan boshlab:

hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;

jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:

har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 370S va undan yuqori boʻlgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻymaslik, ularning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlishi;

jamoat transportida yoʻlovchilarning tibbiy niqobda boʻlishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob boʻlmagan holatda ularning transportga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;

transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkazilishi zarur.

diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qatʼiy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini taʼminlagan holda). Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер