Raqobatchining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish javobgarlikka sabab boʻladi
Qonunchilikka koʻra, raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (16 mln 500 ming soʻmdan 33 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring