Raqamli texnologiyalar vaziri “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasida ishtirok etdi

16:03 03 Oktyabr 2023 Siyosat
507 0

Toshkentda kiberxavfsizlik boʻyicha “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu tadbir ikki kunlik konferensiya va koʻrgazma boʻlib, u Markaziy Yevroosiyo boʻylab milliy xavfsizlik markazlari, kiberxavfsizlik yechimlari provayderlari va hukumat, tijorat hamda sanoat foydalanuvchilari uchun ulanish, oʻrganish va biznes yuritish imkonini beradi.

Konferensiya ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Oʻzbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Markazi tomonidan oʻtkazilayotgan Kiberxavfsizlik sammiti texnologiyalarni namoyish etish, ragʻbatlantirish, shuningdek, hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.

Shuningdek, ushbu konferensiya global xavf-xatarlarning oldini olish hamda kiberxavfsizlik, raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan toʻliq foydalanish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер