Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Bosh kotibi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidentining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik anjumanini 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan, joriy yilning 16-18-may kunlari Samarqand shahrida ushbu anjumanni oʻtkazish belgilangan.
30-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Bosh kotibi Koguchi Kazuxiko bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda anjumanga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring