Raqamlashtirish loyihasidan iqtisod qilingan mablagʻlar birlamchi tizimga yoʻnaltiriladi

15:18 02 May 2023 Jamiyat
700 0

Prezident qaroriga asosan, “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha litsenziyalar ushbu tizim amaliyotga toʻliq joriy etilgandan soʻng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablagʻlar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, qaror doirasida sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirilib, unga bir qator vazifalar yuklandi.

Jumladan:

— sogʻliqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;

— 2023–2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”da belgilangan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;

— loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarida belgilangan maqsadlarga erishilishini nazorat qilish kabi vazifalar ishchi guruhi zimmasiga yuklatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер