Yaʼni, mulk nisobga yetgandan keyin, yil oʻtishini kutmasdan zakotni chiqarsa boʻladi. Faqat yil toʻlgan paytda mulk nisobdan kam boʻlmasligi kerak.
Tushuntiraman: masalan, siz 30 milliondan ortiq mablagʻga yoki shuncha turadigan mulkka ega boʻldingiz. Bu sizning asliy hojatingizdan ortgan mulk. Ana shu mulkka ega boʻlgan kuningizdan qamariy hisobda bir yil oʻtsa va mulk nisobidan kamaymagan boʻlsa, uning zakotini (750 ming soʻm) chiqarish siz uchun farz boʻladi. Koʻpaygan boʻlsa, koʻpaygan koʻrinishidan zakot berasiz. Yuqoridagi masalada, ana shu bir yil oʻtmasdan oldin ham zakotingizni berishingiz mumkinligi aytilmoqda.
Demak, sinovlar tufayli qiynalgan oilalar koʻpaygan shu kunlarda, Ramazon oyini kutmasdan zakotlarni berish mumkin. Bu bilan shariatning maqsadi boʻlgan — kambagʻallar qiynalib qolishining oldi olingan boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring