Ramazon oyi muborak boʻlsin!

04:10 24 Aprel 2020 Jamiyat
6530 0

Azizlar,

Allohning amriga koʻra bizning xayotimizga muqaddas Ramazon oyi kirib keldi.

Bu oy barcha musulmonlar uchun maʼnaviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish oyidir. Shu bilan birga Ramazon oyida insonlar bir biriga mehr-oqibat koʻrsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadilar.

Bugungi sinovli kunlarda davlatimiz raxbarining tashabbusi bilan “Saxovat va koʻmak” harakati doirasida koʻplab extiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilmoqda. Ulugʻ ayyom kunlarida saxovatpesha xamyurtlarimizni ushbu umumxalq xarakati yana-da birlashtirishiga ishonchim komil.

Ushbu muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazishimiz uchun Yaratgandan barchamizga kuch va sabr-qanoat tilab qolaman!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер