Ramazon oyi boshidan buyon saxovatpesha insonlardan “Vaqf” fondiga 772 million soʻmdan oshiq xayriya kelib tushgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fond rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov maʼlum qildi.
Oʻtgan hafta davomida:
— Respublikamiz boʻylab 312 ta oilaga 58 150 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari;
— moddiy koʻmakka muhtoj 37 nafar fuqaroga 66 600 000 soʻm pul mablagʻlari xayriya qilingan boʻlsa, 700 dan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.
— Ramazon oyining ikkinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlami va diniy taʼlim muassasalari ustoz va talabalari uchun 111 million 720 ming soʻmlik xayriya ishlari amalga oshirildi.
Oʻtgan hafta davomida fondning Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda viloyatdagi boshpanasiz, nochor oilaga 5 xonali uy qurib bitkazilib, toʻliq jihozlangan holda xayriya qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring