Ramazon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari eʼlon qilindi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi respublikadagi masjidlarda joriy yil 20-mart – juma kuni Ramazon hayiti namozining oʻqilish vaqtlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, hayit namozi vaqtlari quyidagicha belgilangan:
• Andijon viloyati — 06:40;
• Fargʻona viloyati — 06:40;
• Namangan viloyati — 06:40;
• Toshkent shahar — 06:50;
• Toshkent viloyati — 06:50;
• Sirdaryo viloyati — 06:55;
• Jizzax viloyati — 07:00;
• Samarqand viloyati — 07:00;
• Navoiy viloyati — 07:05;
• Buxoro viloyati — 07:05;
• Qashqadaryo viloyati — 07:05;
• Surxondaryo viloyati — 07:05;
• Xorazm viloyati — 07:25;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 07:30.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring