Ramazon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari belgilandi (+to'liq ro'yxat)

11:17 28 Mart 2025 Jamiyat
1387 0

2025-yilgi Ramazon hayiti namozi yurtimiz boʻylab 30-mart, yakshanba kuni oʻqiladi. Ushbu muqaddas bayram munosabati bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida hayit namozining oʻqilish vaqtlari belgilandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maʼlum qildi.

Qayd etish kerakki, har bir viloyatda namoz vaqti mahalliy vaqt bilan belgilangan boʻlib, musulmonlar oʻz vaqtida jamoa boʻlib namoz oʻqishlari mumkin boʻladi.

Jumladan, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida Ramazon hayiti namozi soat 06:20 da oʻqiladi. Toshkent viloyati va Toshkent shahar aholisi uchun esa namoz vaqti soat 06:30 etib belgilangan.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi masjidlarda namoz 06:40 da boshlanadi. Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida esa namoz soat 06:45 da oʻqiladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi musulmonlar Ramazon hayiti namozini soat 06:50 da ado etishlari mumkin. Xorazm viloyatidagi namoz vaqti soat 07:05 etib belgilangan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa bu vaqt soat 07:15 ga toʻgʻri keladi.

Hayit namozi — musulmonlar hayotida alohida ahamiyatga ega boʻlgan ibodatlardan biri boʻlib, u birlik, baxt va mushtaraklik ramzi sifatida ado etiladi. Barcha viloyatlarda namoz oʻqish uchun barcha sharoitlar yaratilib, jamoaviy ibodatlar tartibli va tinch oʻtkazilishi uchun tegishli tadbirlar koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер