Rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi
Foto: Arxiv surat
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, yana bir guruh davlat fuqarolik xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga olingan.
Ular endilikda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshiradi.
Nomzodlar 2 500 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi orasidan saralandi. Ular uchun bugundan masofaviy malaka oshirish kurslari boshlandi. Shuningdek, nomzodlar uchun vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka ham tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring