Quyoshning tarixdagi eng aniq surati eʼlon qilindi
Yevropa Kosmik Agentligi tomonidan 12544x12544 piksel oʻlchamdagi Quyoshning tarixdagi eng aniq tasviri deya eʼtirof etilayotgan rasm eʼlon qilindi.
Maʼlum qilinishicha, unda “Solar Orbiter” zondining EUI qurilmasi yordamida 77,8 million kilometr uzoqlikda olingan 200 ta surat jamlangan.
Ultrabinafsha diapazonda olingan rasmda Quyosh atmosferasining million darajali tojlari, protuberanslar, tolalar va faollik zonalari kabi murakkab tuzilmalari aniq koʻringan. Bu surat ilm-fan uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlib, bizga eng yaqin boʻlgan yulduzni oʻrganishda qulayliklar yaratadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring