Quyosh panellari – taʼminot kafolati

11:28 06 Yanvar 2023 Jamiyat
1064 0

Foto: Xalq so‘zi

Qish mavsumi boshlanishi bilan elektr va gaz taʼminotida uzilishlar yuzaga kelishi sir emas. Hukumatimiz tomonidan bu muammoni bartaraf etish, aholining elektr energiyasi va issiqlik taʼminotiga boʻlgan talabini qondirish yuzasidan muayyan chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Biroq, shularga qaramay, joylarda hamon sovuq kunlarda elektr va gaz muammolariga duch kelinayotir.

Yurtimiz sharoitida elektr energiyasi taʼminotini yaxshilashda quyosh panellari eng maqbul yechimlardan biridir. Taʼminotning ushbu muqobil turiga aholi qiziqishi ortib borayotgani esa ayni muddao.

— Xonadonimizga quyosh panellari oʻrnatilgach, elektr, issiqlik muammo boʻlmay qoldi, — deydi Andijon viloyati Boʻston tumanida yashovchi Abdurahmonov Saydaliyev. — Chiroq oʻchib qoladi, deb choʻchimaymiz. Qolaversa, mablagʻimiz 20 foizga iqtisod qilinmoqda. Suv isitish kollektori orqali muntazam issiq suv taʼminotini yoʻlga qoʻydik. Uning afzallik jihatlari koʻp ekan. Masalan, tunda harorat -10 daraja boʻlganda ham termosdagi suv harorati +6-9 darajada turar ekan. Quyosh panellaridan foydalanish turmush tarzimizni tubdan oʻzgartirib yubordi. Vaholanki, shu paytgacha qishloq sharoitida joʻmrakdan issiq suv oqib turishini tasavvur ham qilmasdik.

Amaliyotda oʻzining afzalliklarini koʻrsata olgan ushbu muqobil energiya manbaidan hozirda Boʻston tumanida 125 ta xonadon, 79 ta ijtimoiy soha obyekti va 7 ta tadbirkorlik subyekti foydalanmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер