Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi
Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023-y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi:
— Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati
400 MVt boʻlgan;
— Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati
500 MVt boʻlgan;
— Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan.
Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.
Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:
— Investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;
— Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullanadi.
Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring