Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Quranboyev ishtirok etdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi.
U shu paytga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan.
H.Umarov 1967-yilda tugʻilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019-yillar Quva tumani hokimi boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring