Qurilishda ishlatiladigan ayrim metall mahsulotlari belgilangan meʼyorlarga javob bermadi
Illyustrativ foto
Mamlakatimizda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, zamonaviy binolar, turar joylarning barpo etilayotgan fikrimizning isboti deyish mumkin.
Shu oʻrinda muhim bir savol tugʻiladi. Qurilishda ishlatilayotgan barcha mahsulotlarning sifati xalqaro meʼyorlarga toʻliq javob beradimi, bozorlarda sotilayotgan metall mahsulotlari tegishli sertifikatlarga egami.
Mazkur murojaatlarga asosan “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlarining tahlili oʻtkazildi.
Maʼlumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 999-sonli qaroriga asosan “Qurilishda ishlatiladigan qora metall mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi maxsus texnik reglamenti qabul qilingan boʻlib, unda qora metall prokati mahsulotlariga majburiy sifat va xavfsizlik talablari belgilab qoʻyilgan.
Maʼlumot uchun: Respublikada ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlardan keltirilgan metall mahsulotlariga 2019-yilda 6553 ta va 2020-yilning yanvar-fevral oylarida 1233 ta muvofiqlik sertifikati berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan, Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi tomonidan berilgan sertifikatlarning hujjatlari oʻrganilganda muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda qoʻpol kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Jumladan, sinovlar amaldagi standartlarga asosan toʻliq oʻtkazilmagan hamda arizalarni koʻrib chiqish muddatlari buzilgan holatlari aniqlandi. Hozirgi kunda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilmoqda.
Shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan qurilishda ishlatilayotgan metall mahsulotlarini sifati va xavfsizligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida Nazarbek temir bozorida sotilayotgan hamda Toshkent shahridagi qurilish obyektlarida ishlatilayotgan metall mahsulotlaridan namunalar olindi va akkreditlangan sinov laboratoriyasiga topshirildi.
Ming afsuski, oʻtkazilgan sinovlar natijasida 5 turdagi armaturadan 4 tasi hamda 2 turdagi ugolnik mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga muvofiq emasligi aniqlandi.
Maʼlumot uchun: Sinovdan oʻtkazilgan armatura mahsulotlari Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan keltirilgan.
Oʻrganish natijalariga asosan metall mahsulotlarining sertifikatlashtirish idoralariga ogohlantirish xatlari yuborildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring