Qurilish va taʼmirlashdagi talon-torojliklar aniqlandi

16:35 10 Avgust 2023 Jamiyat
466 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.X.» xususiy korxonasi rahbari O.X. “Ya.B.X.” IK masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali jami 218,3 mln  soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday,  Departamentning Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.T.» MCHJ rahbari N.I. “Ya.B.I.” IK masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, maktab sport zalini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali jami 166,3 mln  soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ya.”, “N.Z.», “A.K.» MCHJ masʼul shaxslari maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda umumiy oʻrta taʼlim maktab binosini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali jami 163,7 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.» MCHJ masʼul shaxslari “Olchazor” MFY hududida yangi kanalizatsiya tarmogʻini markaziy kanalizatsiya quvuridan tortish ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali jami 66,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер