Quyi Beshkentda tibbiyot birlashmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

12:19 25 Iyul 2024 Jamiyat
293 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi tumanining Quyi Beshkent mahallasida Qarshi tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi Quyi Beshkent filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, tuman hokimligi masʼullari, mahalla ahli hamda keng vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda Quyi Beshkent mahallasi “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” dasturiga kiritilib, shu asosda hududda keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

— Xususan, Dastur doirasida mahallamizdagi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan 4 kilometr yoʻlga asfalt qoplama, 2 kilometr yoʻlga shagʻal toʻshalib, bir kilometrdan oshiq uzunlikda piyodalar yoʻlakchalari qurildi, — deydi mahalla raisi Adham Shodmonov. — Shuningdek, eski simyogʻochlar beton ustunlarga almashtirilib, qoʻshimcha transformatorlar oʻrnatildi, havo kabellari yangilandi. Natijada aholining bu boradagi muammolari toʻliq bartaraf etildi.

Eʼtiborlisi, mahalladagi bu oʻzgarishlardan ruhlangan odamlarning oʻzi tashabbus koʻrsatib, mahalladagi tibbiyot muassasasini hashar yoʻli bilan taʼmirlashga kirishdi. Bu yerda amalga oshirilgan qurilish ishlari natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan bino mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etib, sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega boʻldi.

Shu boisdan ham yangi tibbiyot muassasasining foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер