Qudratilla Toʻlaganov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toʻlaganov Qudratilla Asatullayevich Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Qudratilla Toʻlaganov Toshkent moliya instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Mazkur tayinlovga qadar u 2023-yildan buyon “Asakabank” AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring