Qrimdagi koʻrfaz meduza bilan toʻldi
Qrimdagi Balaklava koʻrfazi meduzalar toʻldi. Ularning soni shunchalik koʻpki, qirgʻoqdagi suv oq jelega oʻxshaydi.
Mahalliy aholi sayyohlarni qoʻrqitmoqda. Shu sabab odamlar suzishmayapti. Biroq, baliqchilar juda xursand. Chunki meduzalar baliq uchun yaxshi oʻlja hisoblanadi.
Qrim yarim oroli qirgʻoqlarida meduzalar tez-tez mehmon boʻlishadi. Kuchli shamol va dengiz oqimlari tufayli ular qirgʻoqqa yaqinlashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring