Qozogʻistonning Shimkent shahrida Oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi

17:15 27 Dekabr 2023 Jamiyat
628 0

Foto: “Dunyo” AA

Qozogʻistonning Shimkent shahridagi Jumabek Tashenov nomidagi universiteti qoshida Oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, ushbu markaz Jumabek Tashenov nomdagi universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti oʻrtasida tuzilgan Hamkorlik memorandumi asosida tashkil etildi.

Qayd etish kerakki, mazkur universitetda “Oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari” dasturi asosida bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Universitet tashkil etilganining 25-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Oʻzbek tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligidagi Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.

Qozogʻiston tomoni Oʻzbek tili va madaniyati markazining tashkil etishda munosib hissa qoʻshgan Andijon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, ushbu markazning ochilishi Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilgan taʼlim va madaniyat sohalaridagi oʻzaro munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishini qayd etdilar.

Taʼkidlanganidek, markaz Oʻzbekistonning milliy madaniyati, adabiyoti va urf odatlarini keng targʻib qilish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер