Qozogʻistonning Olma-ota viloyatida sodir boʻlgan YTHda oʻzbekistonliklar jabrlanmagan
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 21:40da
Oʻzbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashesi maʼlumotiga koʻra, avtobusdagi 33 yoʻlovchidan 30 nafari mamlakatimiz fuqarolari boʻlgan.
Yengil mashina haydovchisi yoʻlni muz qoplagani sababli boshqaruvni yoʻqotib, qarama qarshi yoʻnalishdan kelayotgan avtobus bilan toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Yengil mashinada boʻlgan 6 yoʻlovchidan 3 nafari voqea joyida halok boʻlgan, yana 3 nafari esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Avtobusda boʻlganlardan faqat uning haydovchisi jarohatlangan.
Vaziyat zudlik bilan Bosh konsulxona nazoratiga olinib, undagi barcha oʻzbekistonliklar xavfsiz tarzda Toshkentga joʻnatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring