Qozogʻistonlik ayol Oʻzbekistonga noqonuniy gaz yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan
Chimkent shahrida yashovchi tadbirkor gazni Oʻzbekistonga noqonuniy eksport qilganlikda aybdor deb topildi.
Qozogʻistonlik ayol korxona direktori boʻlib, noqonuniy yoʻllar bilan oʻzlashtirgan 960 tonnadan ortiq suyultirilgan gazni xorijga sotgan.
Soxta hujjatlar yordamida ayol 146 million tenge (343 ming dollardan ortiq) pulni oʻzlashtirib olgan.
Sud tadbirkorni 4,3 million tenge (10 ming dollar) jarimaga tortdi. Bundan tashqari, kontrabanda tovarlari narxi ham undiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring