Qozogʻistonga shisha idish va buyumlar eksporti qariyb 11 baravarga oshirilgan
2020-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,4 mln. AQSH dollariga yoki 3,6 baravarga oshgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston shisha idish va buyumlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 7,4 mln.
Turkmaniston – 1,9 mln.
Tojikiston – 976,5 ming
Qirgʻiz – 589,7 ming
Gruziya – 435,4 ming
Rossiya – 204,1 ming AQSH dollari
Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 8 oyida Oʻzbekiston Qozogʻistonga qiymati 7,4 mln. (oʻtgan yilning mos davrida 685,7 ming) AQSH dollariga teng boʻlgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring