Qozogʻistondagi koʻmir konida portlash yuz berdi: halok boʻlganlar bor
Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyatidagi “Abayskaya” konida metan chiqishi sababli portlash sodir boʻldi, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, olti nafar konchi halok boʻldi, ikki nafari jarohatlandi, deb yozadi “RIA Novosti” Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 7-noyabr kuni soat 08:00 da sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, konda 64 nafar ishchi boʻlgan. Shu bilan birga, 56 nafar konchi oʻz-oʻzidan yer yuzasiga chiqdi.
Qayd etilishicha, halokatda jabrlangan konchilar reanimatsiyada. Konda ishlab chiqarish jarayoni toʻxtatilgan. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda 20 dan ortiq qutqaruvchi, texnikalar jalb etilgan.
Olti nafar halok boʻlganlarning jasadi yer ostidan chiqarildi. Voqea sabablari va holatlari oʻrganilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring