Qozogʻistonda yangi oʻquv yiliga uch xil “variant”da tayyorgarlik koʻrilyapti

11:05 12 Iyul 2020 Dunyo
953 0

Illyustrativ foto

Qozogʻiston taʼlim va ilm-fan vazirligi yangi oʻquv yilini boshlashning uch xil yoʻlini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda vazir Asxat Aymagambetov maʼlum qildi, deb xabar berdi «Kazinform».

Birinchi variant — bu masofadan oʻqitish. Chekka hududlar bundan mustasno.

Ikkinchi variant — bu aralash, yaʼni bevosita maktabga borish va masofadan taʼlim berish.

«Bunda cheklovlar qoʻyiladi: maktablarda termometrlar, sanitayzerlar mavjud boʻlishi, masofa saqlanishi, qisqartirilgan darslar oʻtilishi shart, — deydi vazir. — Bular guruhchalar, kabinet tizimining bekor qilinishi va boshqalar deganidir».

Uchinchi variant — bu qatʼiy sanitariya cheklovlari joriy etiladigan odatdagi tizim. “Bolalar borib oʻqishadi, ammo tanaffuslar, sinflarning toʻldirilishi, “smenalar”, kabinet tizimining bekor qilinishidan tortib oshxonaga kirib-chiqish jadvali rejimigacha boʻlgan cheklovlar amalda boʻladi”, — dedi Aymagambetov.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda 12-iyul ertalabki holatda koronavirusni yuqtirganlar soni 1798 taga koʻpaygan, shulardan 1061 nafari simptomsiz. Mamlakatda ushbu infeksiyaga chalinganlar soni 58 mingdan oshib ketdi, ulardan 33 mingdan ziyodi tuzaldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер