Qozogʻistonda sahnada fonogrammada qoʻshiq aytish taqiqlanadi
Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aqtoti Raimqulova fonogrammada qoʻshiq aytishni taqiqlash toʻgʻrisidagi tashabbusga izoh berdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
“Darhaqiqat, soʻnggi yillarda jamiyatimizda mahalliy estrada musiqasi bilan bogʻliq koʻplab savollar tugʻilmoqda. Eng dolzarb muammolardan biri bu fonogrammadan foydalanishdir. Fonogrammani tanqid qiladiganlar koʻp. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday tanqidlarni juda koʻp koʻrmoqdamiz. Shuning uchun, ushbu masalani hal qilish uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Qozogʻiston Respublikasi madaniyati toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqib, uni parlamentga taqdim etdi", - dedi Aqtoti Raimqulova.
Vazirning soʻzlariga koʻra, qonun loyihasining hukumat versiyasida “fonogrammadan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi (televideniye va radiodan tashqari hamma joyda ogohlantirishsiz undan foydalanishni taqiqlash) qoida ham mavjud.
“Har bir qonun loyihasi tegishli davlat idoralari va «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi tomonidan maʼqullanishi lozim boʻladi. Biz qonun loyihasi orqali fonogrammadan foydalanishni qatʼiy tartibga solib, undan foydalaniladigan boʻlsa, oldindan tinglovchilarni xabardor qilish tartibini taklif etmoqdamiz. Biz isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilishimiz kerak. Tinglovchilarni oldindan xabardor qilish kerak. Odamlar jonli qoʻshiq yoki fonogrammani tinglashni oʻz xohishi bilan hal qilishi lozim”, - dedi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring