Qozogʻistonda Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

12:42 01 Dekabr 2023 Jamiyat
259 0

Qozogʻistonning Oqtov shahrida Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasida 21- oktyabr — Oʻzbek tili  bayrami kuni munosabati bilan adabiy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda “Paxtakor” oʻzbek etnomadaniy birlashmasi rahbariyati va faollari, Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalar va injiniring universitetida taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar hamda Mangʻistau viloyatida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi vatandoshlarimiz ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar oʻzbek tilining mavqeini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

Oʻzbek tilining oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida Davlat tili nafaqat oʻzbekistonliklar hayotida, balki jahon miqyosida munosib oʻrin egallaganligi taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari oʻz chiqishlarida soʻnggi yillarda oʻzbek tilining xalqaro mavqeiy oshib borayotganiga alohida urgʻuladilar hamda  oʻzbek tilidagi sheʼrlarni oʻqib berdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер