Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 225 nafarga yetdi
Qozogʻistonda oʻtgan bir sutka ichida yana 446 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat boʻylab kasallar sonining ortishi 2,7 foizni tashkil etmoqda.
Butun mamlakat boʻylab koronavirusga chalinganlar soni 17 225 kishiga yetgan. Hozirga qadar 10 671 kishi sogʻaygan, 118 kishi virus qurboniga aylangan.
Shuningdek, 8229 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring