Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar 11 ming nafarga yaqinlashdi
Soʻnggi bir kun ichida Qozogʻistonda 476 kishi koronavirus yuqtirgani maʼlum boʻldi, deb xabar beradi coronavirus2020.kz.
Oʻsish 4,6 foizni tashkil etdi.
Ayni damda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 10 858 kishini tashkil qiladi. 5220 nafar bemor kasallikdan sogʻaygan boʻlsa, vafot etganlar soni 38 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha Chimkentda yana 1 nafar bemor vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring