Qozogʻistonda xorijlik vrachlarga sertifikatsiz ishlashlari uchun ruxsat berilishi mumkin
Qozogʻiston chet ellik shifokorlarga mamlakatda sertifikatsiz ishlashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Koronavirusga qarshi kurashish yoʻlida shunday qilinmoqda, deb yozadi Sputnik.
Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy Atirau viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati bilan ushbu masalani muhokama qilgan.
Ayni paytda ushbu hududda 278 ta tibbiyot xodimi yetishmayotgani aniqlangan.
Shu boʻyicha yakuniga qaror koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida qabul qilinishi kutilyapti.
Maʼlumot uchun, Atirau tojdor virus bemorlari soni boʻyicha respublikada “yetakchilar” qatorida bormoqda. U yerda 5791 inson virusni yuqtirgan. Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar soni esa 48 mingdan oshib ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring