Qozogʻistonda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi

19:12 06 Noyabr 2023 Sport
274 0

Bugun Qozogʻistonda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi. 8-noyabrga qadar davom etadigan musobaqada qitʼamizning eng kuchli yosh karate ustalari oʻz mahoratlarini namoyish etishyapti.

Musobaqaning birinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi. Unda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-54 kg: Mohinur Teshaboyeva
-61 kg: Saida Musaxonova

Kumush medal:
-70 kg: Bekzod Zoirov

Bronza medal:
-52 kg: Humoyunmirzo Halimov
-57 kg: Isomiddin Karimov
+70 kg: Sardor Bahromov
-47 kg: Diyora Poʻlatova
Abdulaziz Rasulov (kata).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер