Qozogʻistonda Chevrolet avtomobillari savdosiga start berildi

15:20 28 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1579 0

“UzAuto Motors” AJ qozogʻistonlik hamkori “SariarkaAvtoProm” MCHSH (Masʼuliyati cheklangan shirkati) bilan birgalikda oʻzining “Keles Distribution” MCHSH savdo tarmogʻi orqali Qozogʻistonda Chevrolet avtomobillari savdosi boshlaganini eʼlon qildi.

Dastlabki bosqichda Chevrolet rusumidagi yengil avtomobillar orasida eng mashhur boʻlgan Malibu avtomobili, shuningdek Cobalt va Nexia modellari, Damas miniveni, Labo yuk mashinasi va Trailblazer krossoveri Qozogʻiston Respublikasidagi dilerlar tarmogʻiga kelib tushdi.

Alohida taʼkidlash kerakki, Qozogʻistonda Damas va Labo avtomobillari Chevrolet brendining boshqa modellari orasida oldindan buyurtmalar boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar buni kichik va oʻrta biznes korxonalari orasida bugungi ogʻir vaziyatda mahsulotlarni yetkazib berishda foydalanish uchun tejamkor va funksional mashinaga boʻlgan talabning yuqori darajada oʻsishi bilan bogʻliq deb hisoblamoqda.

Aprel oyining oxiriga kelib Qozogʻiston bozorida rasman Chevrolet Tracker avtomobilining chiqarilishi ham rejalashtirilgan.

“Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan har bir Chevrolet avtomobili General Motorsʼning xalqaro sifat standartlariga toʻla mos keladi. Biz ularga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etamiz”, — deydi “SarыarkaAvtoProm” MCHSH direktori Sirim Semeybayev.

Uning soʻzlariga koʻra General Motors kompaniyasi dilerlarning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash va yuqori sifatli xizmat koʻrsatishga qaratilgan yuqori darajadagi tayyorgarligi va tajribasiga, avtomobillarni taqdim etishdan tortib, xizmat koʻrsatishgacha alohida eʼtibor qaratadi.

“Qozogʻiston Respublikasi hukumati mamlakat avtomobillar parkini yangilash uchun sharoitlarni taʼminlash boʻyicha faol ish olib bormoqda. Oʻz navbatida, biz ishlab chiqaruvchilar sifatida avtomobil ishqibozlariga narxlar va funksional jihatdan mijozlar uchun foydali boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda eng keng imkoniyatlarni taqdim etamiz”, — deydi Sirim Semeybayev.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin ishtirokida Kostanayda UzAuto Motors tomonidan “SariarkaAvtoProm” MCHSHda Chevrolet avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер