Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Qozogʻistonning Olmaota shahrida 5, Qirgʻizistonda 5,2, Oʻzbekistonda esa 4,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi.
Zilzila epitsentri Qozogʻistonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan. Uning magnitudasi 6,1 ni tashkil qildi. Olmaotada zilzila kuchi soat 11:22 da 5 ballni tashkil qilgan.
Qirgʻizistonda esa soat 12:22 da 5,2 magnitudali zilzila kuzatilgan. Yer silkinishlarini poytaxt va Chuy viloyati aholisi his qilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 11:29 da zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani boʻlib, magnitudasi 4,6 ni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring