Qozogʻiston Prezidenti yangi muftiyni tabriklash uchun masjidga bordi
Foto:ehonews.kz
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev “Hazrat Sulton” masjidiga borib, yaqinda mamlakat muftiysi lavozimiga saylangan Naurizbay Tagʻanuli bilan uchrashdi. Davlat rahbari muftiyni tabriklab, unga faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Prezident va muftiy Qozogʻiston musulmonlar idorasining mamlakatdagi birdamlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi roli haqida suhbatlashdi.

– Biz jamiyatni murosa, birlik va birdamlik prinsiplari asosida jipslashtirishimiz zarur. Hozirgi sharoitda dunyoda salbiy jarayonlar roʻy beryapti va biz ularning yoʻliga toʻsiq qoʻyishimiz, butun xalqning manfaatlariga xizmat qiladigan tushuntirish ishlarini tashkillashtirishimiz darkor, – dedi prezident.
Naurizbay Tagʻanuli tashkiliy va xayriya ishlari haqidagi rejalar bilan tanishtirdi. Uning aytishicha, Musulmonlar idorasining faoliyati quyidagi yetti maʼnaviy ustunga tayangan holda olib boriladi: axloq, vatanparvarlik, tarbiya, birlik, mehnatsevarlik, yuksak madaniyat va adolat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring