Qozogʻiston MSK Darigʻa Nazarboyevaning vakolatini tugatdi

11:48 04 May 2020 Siyosat
853 0

Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi Darigʻa Nazarboyevaning deputatlik vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat MSK matbuot xizmati maʼlum qildi.

“2020-yil 4-may kuni Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda «Qozogʻiston Respublikasi Senati deputati D.Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida” qaror qabul qilindi», deyiladi bayonotda.

Taʼkidlanishicha, Nazarboyevaning vakolatlari Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi 5-bandi, “Parlament va uning deputatlari maqomi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasi 5- va 9-bandlariga muvofiq, prezidentning 2-maydagi 315-sonli “D.Nazarboyeva toʻgʻrisida”gi farmoni asosida tugatildi.

2-mayda Toʻqayev Nazarboyevaning Senat deputati vakolatini tugatish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

56 yoshli Nazarboyeva 2019-yil 20-martdan beri Senat raisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Ilgari u yuqori palataning xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitasini boshqargan.

U 2016-yil 13-sentyabrda Senat deputati etib tayinlangan. U Qozogʻiston birinchi prezidenti, millat lideri Nursulton Nazarboyevning toʻngʻich qizi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер