Qozogʻiston milliy parklarni rivojlantirishda Amerika andazasidan foydalanadi
2030-yilgacha Qozogʻiston milliy parklariga jalb etiladigan xususiy sarmoya hajmini 500 milliard tengega (1,25 milliard AQSH dollari), 20 mingta qoʻshimcha ishchi oʻrinlari yaratish va sayyohlar oqimini 1,5 milliondan 12,5 millionga yetkazishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qozogʻiston milliy parklarini rivojlantirishdagi asosiy muammolar - bu yotoq joylarining sifati pastligi, umumiy ovqatlanish va tegishli infratuzilmalar yaʼni yoʻlaklarda kerakli jihozlar, maʼlumot markazlari, ijaraga berish punktlari, esdalik sovgʻalar doʻkonlari va kuzatuv maydonchalarini yoʻqligidir, deb xabar beradi «Kazinform» Xalqaro axborot agentligi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi maʼlumotiga tayanib.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, turli mamlakatlar tajribasi oʻrganib chiqilgandan soʻng Qozogʻistondagi milliy parkni rivojlantirishda Amerika andazasidan foydalanishga qaror qilindi, unga koʻra yangi qurilishlarni amalga oshirmaslik, sayyohlar yoʻlaklari va marshrutlarini rivojlantirish, yoʻlaklar boʻyida glempinglarni (tarj. ochiq tabiat qoʻynida hordiq chiqarish uchun mehmonxona nomeriga ega bir qator qulayliklar mavjud kemping turi) joylashtirish, kempinglar, kuzatuv maydonchalari, etno-qishloqlar, palatkalardan iborat lagerlar shaharchasi maʼqul deb topildi.
Bugungi kunda qoʻshni Qozogʻistonda 13 milliy park bor. Oʻtgan yili ushbu parklarga 1,5 million kishi tashrif buyurgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring