Qozogʻiston delegatsiyasi Moʻynoqqa tashrif buyurdi

10:07 07 Iyul 2020 Iqtisodiyot
748 0

Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyati vakillari Orolboʻyi hududida ekologik ofatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Moʻynoq tumanida boʻlishdi. 

Mehmonlar tashrifi Orol dengizining qurigan maydonida yashil qoplamalar yaratish borasida olib borilgan ishlar bilan tanishishdan boshlandi.

Shundan soʻng, tuman hokimi Ye.Edenbayev eʼtiborga molik tarixiy joylar hamda hududdagi zamonaviy yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirdi.

Tashrif davomida mintaqada roʻyobga chiqarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar boʻyicha tajriba almashish hamda hamkorlik qilish maqsadida ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.

Delegatsiya aʼzolari hududda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni alohida eʼtirof etishdi.

Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер