Qozogʻiston bugʻdoy va un eksportini bir oz muddatga chekladi
Foto: Illustrativ foto
Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi cheklov choralari ikki hafta mobaynida kuchga kirishi va 2022-yilning 15-iyuniga qadar amalda boʻlishini taʼkidlagan.
Qozogʻiston bugʻdoyining asosiy (90 foiz) xaridorlari Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻizistondir.
«Buyruq kuchga kirganidan soʻng 2022-yilning 15-iyuniga qadar bugʻdoy va un eksporti tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi: bugʻdoy — 1 mln tonnagacha, un mahsulotlari — 300 ming tonna», — deyiladi Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring