Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston Vazirlar Mahkamasi isteʼfosini qabul qildi
Foto: Oq Oʻrda matbuot xizmati.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Vazirlar Mahkamasi isteʼfosini qabul qildi. Bu haqda Oq Oʻrda matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat rahbari imzolangan farmonda qayd etilishicha, Qozogʻiston Respublikasi Hukumatining isteʼfosi qabul qilingan, mamlakat Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Roman Vasilyevich Sklyar zimmasiga yuklangan. Qozogʻiston Respublikasi hukumati aʼzolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi.
Manbaga koʻra, hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring